
Italiyaga yo‘l olayotgan Jasur Jaloliddinov: Meni olmoqchi bo‘lgan klub, meni katta qilgan «Bunyodkor»ni ham rozi qilishi kerak
Bir necha kun avval “Bunyodkor” klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov Italiya B seriyasi peshqadami “Benevento” klubiga o‘tayotgani borasida klub matbuot xizmati xabar bergandi. Hamyurtimizga klub bosh murabbiyi Filippo Indzagining shaxsan o‘zi qiziqish bildirgan.
Ushbu ma’lumotdan so‘ng SPORTS.uz sayti muxbiri futbolchi bilan intervyu tashkil etdi. Fikrlari davomida Jasur Jaloliddinov xorijga yo‘l olishda qarorni “Bunyodkor” rahbariyati hal etishini, klub qachon qo‘yib yubormoqchi bo‘lsa o‘shanda ketishini aytib o‘tdi.
- Men «Bunyodkor» akademiyasining tarbiyalanuvchisiman. Shu bois hammasi o‘zimning xohishimga bog‘liq emas. «Bunyodkor» o‘sishimga sababchi jamoa. Bu klub bo‘lmaganida hech nima qila olmasdim. Akademiyaga 8 yoshimda kelgan bo‘lsam, o‘tgan vaqt davomida menga ota o‘rnida ota, ona o‘rnida ona bo‘lishdi. Bu meni boqib katta qilgan klub. Shuning uchun «Bunyodkor» nima desa shuni qilaman. Agar klub ikki yildan keyin ketasan desa ikki yil o‘ynab keyin ketaman, agar hozir ketasan desa hozir ketaman. Hammasi «Bunyodkor»ning qaroriga bog‘liq. Meni olmoqchi bo‘lgan klub meni katta qilgan «Bunyodkor»ni ham rozi qilishi kerak-da. Har qanday holatda ham ketadigan bo‘lsam, «Bunyodkor»ni rozi qilib ketaman. Hech qachon jamoamni xafa qilib ketmoqchi emasman, - dedi futbolchi.
Intervyuning to‘liq ko‘rinishini quyidagi linkda o‘qishingiz mumkin >>>>>
Fikrlar