ITTF: Bu yilgi jahon chempionatini 265 million tomoshabin ko‘rdi

CHERY AUTO

Joriy yilning 21-28 aprel kunlari Vengriya poytaxtida stol tennisi bo‘yicha navbatdagi jahon chemponati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro stol tennisi federatsiyasi (ITTF) mazkur dunyo birinchiligining yoritilishi bo‘yicha o‘z tarixiagi rekord natijalarni qayd etdi. Bu rekordlar translyatsiya va ijtimoiy tarmoqning har qanday ko‘rinishida ham kuzatildi. 

Tecno

Jumladan, musobaqa jahonning 145 mamlakatiga 1176 soat davomida efirga uzatib borildi. O‘tgan yili 140 davlatga 862 soat translyatsiya uzatilgan edi. Umumiy hisobda bu yilgi musobaqani 265 million tomoshabin ko‘rgan. 

Youtube ijtimoiy tarmog‘ida ham yuqori statistikaga guvoh bo‘lish mumkin. Unga ko‘ra turnir rasmiy sahifasi 8,6 million marotaba tomosha qilingan. Ko‘rilgan daqiqalar esa 34,7 millionga teng. Shuningdek, "Instagram", "facebook" va "twitter"dagi sahifalarda "layk" to‘plab borasidagi raqamlar ham bir necha o‘n milliondan oshib ketdi. 

Musobaqa yakuni esa kutilganidek bo‘ldi. Jahon chempionati reglamentidan o‘rin olgan barcha dasturlarda xitoylik stol tennischilar oltin medallarga egalik qilishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!