Izlagan imkon topadi, eplolmagan...

  • 25 aprel, 2022, 15:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi kanalida Osiyo Chempionlar ligasida pley-offga yo‘llanma olishga juda yaqin turgan "Nasaf" haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Nasaf" Chempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlasa, 1/8 finaldan boshlab finalgacha bo‘lgan barcha o‘yinlar fevral oyida bo‘lib o‘tadi. OFK kuz-bahor tizimiga o‘tayotganidan xabardorsiz.

Menimcha, hammasi yaxshilikka. "Nasaf" mavsumga tayyorgarlikni erta boshlaydi. Futbolchilar masalasida klubda hozircha muammo yo‘q. Asosiy figuralarning barchasi bilan bir necha yillik shartnomalar imzolangan va bu borada Nasaf to‘g‘ri yo‘lda.

Albatta kuz-bahor tizimiga o‘tilayotganidan katta muammo yasaydiganlar topiladi. Biroq bilasizmi nima, 2003 yildan buyon o‘tgan 20 yil davomida taqvim arab va fors klublari uchun noqulay bo‘ldi. Shunga qaramay, 6 bor arablar jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. 20 yil ichida faqatgina 2 dona final arab yoki fors jamoalarisiz o‘tdi.

Izlagan imkon, eplolmagan bahona topadi. To‘g‘ri ishlasak, biz shu taqvimga ham ko‘nika olishimiz mumkin. Nasib bo‘lsa, "Nasaf" bunday muammoga duch keladigan O‘zbekistonning birinchi klubi bo‘ladi", - deb yozdi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!