Jahon chempionati. Bugun 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

  • 11 mart, 13:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. IBA shof’eligida  o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada Elshod Rasulov boshchiligidagi terma jamoamiz ham medallar uchun kurash olib boryapti.

Tecno

Bugunga qadar o‘tkazilgan janglarda, +81 kg vaznda vakilamiz Oltinoy Sotimboeva qozog‘istonlik Eldana Talipovaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. -54 kg vaznda janga kirishgan Aziza Yoqubova esa shimoliy koreyalik Yang Paek Jindan hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi. Shu tariqa bu ikki bokschimiz musobaqani erta yakunlashga majbur bo‘ldi.

-57 kg vaznda Nigina O‘ktamova gruziyalik Xuraman Kasumovani jang davomida ikki bor nokdaunga tushirib qo‘ydi va raqib birinchi raunddan so‘ng jangdan bosh tortdi. Bu g‘alaba Nigina uchun navbatdagi bosqich eshiklarini ochib berdi.

Bugun kun davomida 5 nafar vakilamiz keyingi bosqich masalasini hal etish uchun ringga ko‘tariladi.

-50 kg: Sabina Boboqulova – Isuara Erlin (Kolumbiya);

-60 kg: Sitora Turdibekova – Chuk Nigo Mai (Vetnam);

-63 kg: Odinaxon Ismoilova – Megan de Kler (IBA-Niderlandiya);

-66 kg: Navbahor Hamidova – Meri Uolsh (Irlandiya);

-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova – Yoana Kastilyo (Kuba).

Bahslar Toshkent vaqti bilan 18:00 dan boshlab start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!