
Jahon chempionati. Yana ikki nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi
Ayni kunlarda Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
-48 kg vaznda o‘tkazilgan chorak finalda, bokschimiz Farzona Fozilova ozarbayjonlik Anaxanim Ismayilova ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
-52 kg vaznda Feruza Kazakova marokashlik Imane El A’zamiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5:0.
-57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Nigina O‘ktamova mezbon Andela Brankovichdan engildi.
So‘ngi bahsda, -75 kg vaznda Aziza Zokirova irlandiyalik Aoife Orourkega hakamlarning qarorlariga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar