Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar taqdirlandi

CHERY AUTO

Buxorodagi “Humo” sport majmuasida Xalqaro sambo kuniga bag‘ishlangan jangovar sambo bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan 130 nafar sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.  Ishtirokchilar o‘rtasida jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarda shohsupaga ko‘tarilgan sambochilarning borligi bellashuvlarning keskin va murosasiz o‘tishini ta’minladi.

Musobqaning ochilish marosimida yaqinda Serbiyaning Novi Sad shahri mezbonlik qilgan jahon chempionati g‘olibi Umarbek Olimov, kumush medal sohiblari Xudoyor Ibrohimov va To‘rabek Ismoilovni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

photo_2020-11-17_15-04-50

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!