Jahon chempionatiga qaysi klub eng ko‘p futbolchi jo‘natganini bilasizmi?

  • 17 noyabr, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarni qaydnomadan o‘tkazish muddati yakunlanganidan keyin qaysi klub mundialga eng ko‘p futbolchisini yuborishi ham ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Hisob-kitoblarga ko‘ra, jahon chempionatida “Bavariya”dan eng ko‘p vakil qatnashadi. Myunxen klubining 17 futbolchisi sakkizta turli mamlakatlar terma jamoalarida to‘p tepadi.

Bu terma jamoalar: Kamerun (Erik Shupo-Moting), Kanada (Alfonso Devis), Xorvatiya (Yosip Stanishich), Frantsiya (Lukas Ernandes, Dayo Yupamekano, Benjamen Pavar, Kingli Koman), Germaniya (Manuel Noyer, Leon Goretska, Serj Gnabri, Leroy Sane, Jamol Musiala, Yozua Kimmix, Tomas Myuller), Marokash (Nussayr Mazraui), Niderlandiya (Matteys de Ligt), Senegal (Sadio Mane).

Shuningdek, mundialga “Manchester Siti” va “Barselona” o‘n oltitadan, “Manchester Yunayted” o‘n to‘rtta va “Real” o‘n uchta futbolchi yuborgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!