
Jaloliddin Masharipov muhim o‘yin oldidan safga qaytdi
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi qoldirilgan 8-tur doirasidan o‘rin olgan "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jarohat olib, safdan chiqqan legionerimiz Jaloliddin Masharipov riyodliklarning bugungi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Futbolchi "Al-Raed"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" va "Al-Hilol" uchrashuvi 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar