Jaloliddin Masharipov uchun yaxshi xabar

  • 11 mart, 2022, 16:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik murabbiy Rudi Garsiya faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Tuttomercatoweb.com” nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Rudi Garsiya “Al Nassr” prezidenti bilan Dubayda uchrashdi va jamoaning keyingi rejalari borasida gaplashgan. Saudiyaliklarning amaldagi bosh murabbiyi Migel Rosso bilan shu yili yozda tugaydigan shartnomani uzaytirish niyati yo‘q. Shu bois uning o‘rniga keladigan nomzod bilan muzoraka o‘tkazilmoqda.

“Al Nassr”ga Migel Rosso murabbiy bo‘lib kelgach, hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov tarkibga deyarli kiritilmayotgandi. Balki murabbiy almashsa, vakilimiz elkasiga shamol tegib qolar.

Rudi Garsiya "Lion", "Marsel", “Roma” "Lill", “Le Man”, "Dijon", "Sent-Eten" jamoalarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!