
Jamoa “Evro-2024” qahramonini uzoq vaqtga yo‘qotdi
Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi darvozasini mahorat bilan qo‘riqlab, jamoa g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan Unai Simon jarrohlik stoliga yotqiziladigan bo‘ldi.
“Atletik” klubi darvozaboni bilagidan jarohat olgan va undan qutilish uchun operatsiya qilinishi kerakligi aytilmoqda.
El Larguero nashrining yozishicha, “Atletik”ning ikkinchi darvozaboni Xulen Axirresabala ham mashg‘ulot jarayonida belidan jarohat olgan edi. Uning umurtqa pog‘onasi singgani bois, uzoqroq muddatga safdan chiqqan.
Shunga qaramay, shifokorlar Simonga ham operatsiyaga rozi bo‘lishni tavsiya qilishdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Unai operatsiyadan keyin oktyabr oyigacha futboldan chetda yurishiga to‘g‘ri keladi.
Shu tariqa, “Atletik” mavsumni asosiy tarkib darvozabonlarimiz boshlashga majbur bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Unai Simon qo‘lini tasodifan futboldan tashqarida shikastlagan edi. Bir yil davomida og‘riq borligiga qaramasdan darvozabon mashg‘ulot va o‘yinlarda ishlashda davom etdi.
Fikrlar