
Jamoliddin Bobojonov “Paxtakor” bu tarkibi bilan ham OChL guruh bosqichidan chiqa olmasligi va Adebayorga qiziqishi haqida
"SPORTS.uz haftasi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etilmoqda. Ushbu sonda futbol mutaxassisi Jamoliddin Bobojonov ishtirok etdi.
Ko‘rsatuv mobaynida Jamoliddin Bobojonov OChL-2020 uchun “Paxtakor” tarkibni kuchaytirishi kerakligi, aks holda “sherlar” guruh bosqichida qolib ketishlari borasida fikr bildirdi.
- “Paxtakor” hozirgi tarkibini kuchaytirmasa, guruh bosqichidan o‘ta olmaydi. “Sherlar”ning Emmanuel Adebayorga qiziqayotganligi yaxshi. Aytaylik u Igor Sergeevdan kuchli bo‘lsa, tarkib kuchaygan bo‘ladi. Bitta Adebayor bilan ish bitmaydi. Hamma chiziqqa hozirgilardan yaxshiroq futbolchilarni olib kelishi yoki yoshlar jamoasidan futbolchilarni chorlashi kerak. Shunda jamoada raqobat kuchayadi. Xatto Cheranga ham raqobatchi kelishi darkor. Chempionlikka erishgan jamoada qonni almashtirib turish lozim. Ba’zida klublarda shunday bo‘ladi. Masalan, hamma yutuqlarni qo‘lga kiritgandan keyin barchasi yaxshi deb, o‘zgartirishlar qilinmaydi. Natijada ko‘rsatkichlar keskin pasayib ketadi. Bunda birinchi navbatda murabbiyni ayblashadi va noyabrda jamoani chempion qilgan mutaxassis kelasi yili oktyabrda ishdan ketadi.
Emmanuel Adebayor "Paxtakor"ga o‘tdi?! (Foto)
Aynan kerakli nuqtani topa olmagani sabab bo‘ladi. Misol uchun Xosep Gvardiolani har yili himoyachi sotib olganida ayblashdi. U xarid qilgan himoyachilar jarohatdan chiqmayapti. Bu yili Gvardiola himoyachi olmadi, tarkibda keskin o‘zgartirish qilmadi. Mana ahvolini ko‘rib turibsiz. Shuning uchun buni seza bilishi kerak. Agar “Paxtakor” OChLda natijaga erishmoqchi bo‘lsa, har bir chizig‘ini kuchaytirishi lozim. Lekin O‘zbekiston chempionatiga hozirgi futbolchilar ham etadi, - dedi Jamoliddin Bobojonov.
Fikrlar
Пахтачи хар йили Узбекистон чемпиони булади, лекин ОЧЛда гурухда узоги билан 3-урин олади. Узбекистонда Пахтачидан кейинги уринларни олган клубларни бари ОЧЛда Пахтачидан юкори натижага эришган.