Jamshid Saidov: Qizil kartochkadan keyin hammasi o‘zgarib ketdi

  • 25 sentabr, 2020, 19:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro”ning safarda “Andijon”ga qarshi uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Bugungi o‘yinda futbolchimizning maydondan chetlatilgani barcha rejamizni o‘zgartirib yubordi, - deydi Saidov. - Aslida bizning ushbu bellashuvga tuzgan rejalarimiz boshqacha edi. Lekin qizil kartochka sababli hammasi o‘zgarib ketdi. Yana nima deyishim mumkin? Mag‘lubiyat doim alamli.

- “Andijon”da ishlagan murabbiy sifatida sobiq jamoangizni yaxshi bilasiz. Ularning o‘yini haqida nima deya olasiz?

- Albatta, “Andijon” jamoasida ishlaganim sababli bu erdagi futbolchilarni yaxshi bilardim. Ular jarima zarbasidan chiroyli gol urdi. Biz ham yomon o‘ynamayotgandik. Biroq qizil kartochkadan keyin hammasi o‘zgarib ketdi. “Andijon”ni yaxshi bilganimiz bois shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Mazkur o‘yin esa, olti ochkolik ahamiyatga ega edi. Endi keyingi o‘yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rib, g‘alabalar qozonishga harakat qilamiz.

- Darvozabonni almashtirilishi nima bilan bog‘liq?

- Darvozabon yarim jamoa, degan gap bor. Asosiy posbonimizda o‘ziga ishonch to‘liq bo‘lmagandek edi, shu bois uni almashtirdik.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Safar Nuriddinov
25/09/2020 19:55
Канака режа экан бу.уйинчиларни оегида туп турмайди уйиндан олдин буфутболчиларни пивнушкадан териб олибкелганми
Safar Nuriddinov
25/09/2020 19:55
Канака режа экан бу.уйинчиларни оегида туп турмайди уйиндан олдин буфутболчиларни пивнушкадан териб олибкелганми
Safar Nuriddinov
25/09/2020 19:45
Яна бирбор рахмат.дейди футболчиларига тамом
Шохрух Бозоров
25/09/2020 19:44
Андижонгаям ютказалами
Шохрух Бозоров
25/09/2020 19:44
Туре чучок