Janni Infantino futbol nimaga muxtojligini aytdi

  • 24 oktabr, 2017, 09:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino hakamlarga video yordamchilar (VAR) tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish lozimligi haqida gapirdi.

Tecno

«2017 yilda videotakrorlar tizimisiz futbolni tasavvur qilolmaymiz. Uni barcha chempionatlarda zudlik bilan yo‘lga qo‘yish kerak. Hakamlarga texnik yordam zarur. Biz VAR tizimini anchadan buyon sinovdan o‘tkazyapmiz. Ammo uning qachon hamma joyda yo‘lga qo‘yilishini bilmaymiz» - dedi Infantino Londonda o‘tkazilayotgan FIFA tadbirida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mart oyida FIFA VAR tizimi uchun ikki yillik sinov davrini e’lon qilgan edi.
Tizim 2016 yilda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida, shuningdek 2017 yildagi Konfederatsiyalar kubogida amalda qo‘llab ko‘rildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!