
Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari yirik hisobda g‘alaba qozonishdi
Jahon chempionati saralashining "S" guruhidan o‘rin olgan ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi. Janubiy Koreya Tailandni, Xitoy esa Singapurni yirik hisobda taslim qildi.
Tailand - Janubiy Koreya uchrashuvida Li, Son va ParKlar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi va jamoa 3:0 hisobida zafar quchdi.
Xitoy - Singapur bahsida esa Vu dubl qilgan bo‘lsa, Vei bir marta mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Shu bilan birga, Konseysao avtogol urib qo‘ydi. Ramli esa javob qaytardi.
4-turdan keyin "C" guruhida Koreya peshqadam bo‘lib turibdi. Xitoy 2, Tailand bo‘lsa 3-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar