
Jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan “Atletiko” hujumchisi o‘zini yaxshi his qilmoqda
Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Kevin Gameyro jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik futbolchining beldan past qismi (choti) operatsiya qilindi. 30 yoshli hujumchi bir necha oy davomida og‘riqlar bilan yurgandi va klub shifokorlari jarrohlik amaliyoti zarur ekanini ta’kidlab, operatsiya qildi.
Kevin Gameyroning operatsiyadan keyin tiklanishi uchun kamida 2 oy zarur bo‘ladi. Katta ehtimol bilan u La Liga boshlanishini o‘tkazib yuboradi.
"Jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tdi. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Tez orada tiklanib, yanada kuchli bo‘lib qaytaman", - dedi frantsiyalik forvard.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavs bumda Gameyro “Atletiko”ning barcha musobaqalarida 45 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar