
Jasur Jaloliddinov: "Hech qanday bosimni his qilmayapmiz"
U23 Osiyo Kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoamiz ertaga Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yin oldi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bosh murabbiy Timur Kapadze bilan birga jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov ham qatnashdi. Jumladan, futbolchimiz shunday dedi:
"Ertaga oldimizda muhim uchrashuv bor. Biz o‘yinga tayyormiz", - deydi sardorimiz.
Tayyorgarlik haqida:
"Bu musobaqaga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rdik. Yildan-yilga o‘z o‘yinimizni shakllantirib, o‘sishga erishdik. Hozirda hech qanday bosimni his qilmayapmiz. Bor e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan".
Futzal terma jamoamizning g‘alabasi haqida:
"Albatta bundan juda ham xursandmiz. Futzalchilarimiz ham, biz ham bir jamoamiz va xalqimizni g‘alaba bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz. Ertangi o‘yinda ularga ham omad tilayman".
Ertangi o‘yindagi muxlislik haqida:
"Biz xalqimizning qo‘llab-quvvatlashini his qilib turibmiz. Ular g‘alabamiz uchun duoda bo‘lishmoqda. Ertangi o‘yinda raqib jamoa muxlislari ko‘p bo‘lishi bizga bosim bermaydi, bor e’tiborimizni g‘alaba qozonishga qaratamiz".
Fikrlar