Javlonbek Yo‘ldoshev: "Janglarim shunchaki dahshat bo‘ldi"!

  • 14.12.2021 23:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan Javlonbek Yo‘ldoshev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-Shu kunga qadar nechta vazn toifasida ishtirok etgansiz?

Kattalar o‘rtasida o‘tgan yili 69 kilogramgacha bo‘lgan vazn toifasida jang qilgandim. Bu yil 67ga qaytdim.

-Raqiblaringiz kuchli edi. Har bir jang shiddatli o‘tdi. Bular haqida nima deya olasiz?

-Janglarim shunchaki dahshat bo‘ldi. Hamma raqiblarim menga qarshi qattiq tayyorlangan, deb o‘yladim. Ayniqsa, ikkinchisida biroz qiynaldim. Ilk raundda uncha ochila olmadim. Xudoga shukr, ikkinchi va uchinchi raundlarda hammasi men kutgandek bo‘ldi.

-Final jangi haqida nima deya olasiz?

-Jahongir Rahmonov bilan avval ham jang olib borganman. Unda ham g‘alaba qozongandim. Mana, bugun ham yutdim.

-Professional faoliyatga e’tibor qaratyapsizmi?

-Niyat bor. Xudo xohlasa, katta arenalarda, olimpiadalarda munosib ishtirok etib, undan so‘ng professional faoliyat olib bormoqchiman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!