JCh-1990 g‘olibi Rossiyaga Ispaniyani qanday yutish mumkinligini aytdi

  • 28.06.2018 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

1990 yilgi jahon chempioni hisoblangan germaniyalik mashhur futbolchi Andreas Breme 1/8 finalda Rossiyaga Ispaniya ustidan qanday g‘alaba qozonish mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Balkim Urugvayga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat 1/8 final oldidan Rossiya uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan rossiyaliklar ko‘proq standard vaziyatlarda himoyalanishga e’tibor qaratishlari lozim. Shuningdek ular turnirni ajoyib saviyada o‘tkazayotgan Iskoga ham alohida e’tibor qaratishlari kerak”, - deydi Breme.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya – Rossiya o‘yini 1 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!