JCh-2016: Bugun uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatining to‘rtinchi kungi bellashuvlariga start beriladi.
Bugungi bahslarda uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Dastlab 60 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bilolbek Mirzarahimov chempionatdagi ishtirokini qozog‘istonlik Sanatali Toltaevga qarshi bahs bilan boshlasa, 75 kg vazn toifasida Shohruh Rustamov o‘zining ikkinchi jangini ozarbayjonlik Chobanli Rasimga qarshi o‘tkazadi. Shohruh bundan oldingi saralash bellashuvida bolgariyalik Egor Skamaroxovni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Shuningdek, 69 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Ulug‘bek Sobirov ikkinchi saralash bellashuvida jazoirlik Samir Mekaouche bilan kuch sinashadi.
Bokschilarimizga bugungi bellashuvlarda omad tilab qolamiz.

Fikrlar