
JCh-2022. Dastlabki tur oldidan Germaniya muxlislari uchun noxush xabar
Jahon chempionati 1-turi oldidan bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri Germaniyada yo‘qotish yuzaga keldi.
"Bavariya" vingeri Leroy Sane dastlabki uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
26 yoshli futbolchi tizzasidagi jarohat tufayli Yaponiya milliy terma jamoasiga qarshi bellashuvda ishtirok etmaydi. Qolgan 25 nafar o‘yinchi odatdagidek mashg‘ulot o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya - Yaponiya bahsi 23 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.
Fikrlar