
JCh-2022. Luis Enrike: "Qizim aynan shu kunda 13 yoshga to‘lgan bo‘lardi..."
Ispaniya bosh murabbiyi Luis Enrike Germaniyaga qarshi (1:1) o‘yindan so‘ng vafot etgan qizini esladi:
"Xana besh oy davomida suyak saratoni bilan kurashib kelgan. U 2019 yil avgustda vafot etgandi. Bugun men va oilam uchun muhim kun. Sababi, qizim aynan shu kunda 13 yoshga to‘lgan bo‘lardi. To‘g‘ri, Xana hozir yo‘q. Biroq u doimo qalbimizda. Hayot shunday.
Oxirgi o‘yinda Yaponiyani yutib, birinchi o‘rin bilan chiqamiz. Bunga to‘liq ishonamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Ispaniya o‘z guruhida 4 ochko bilan 1-o‘rinda, Germaniya esa 1 ochko bilan guruhning so‘nggi pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar