"JCh-2026": Norvegiya Fransiyani ham ortda qoldirmoqda
AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yildgi Jahon chempionatining "I" guruhida 1-tur bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Dastlabki uchrashuvda musobaqa favoritlaridan biri hisoblangan Frantsiya Senegalni ishonchli hisobda mag‘lub etdi. Ikkinchi bahsda esa Norvegiya Osiyo vakili Iroqni 4:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, birinchi turdan so‘ng Norvegiya va Frantsiya terma jamoalari 3 ochkodan jamg‘ardi. Biroq to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgani sababli norvegiyaliklar guruh peshqadamiiga aylandi.
Frantsiya ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Senegal va Iroq keyingi o‘rinlarni band etib turibdi.


Fikrlar