JCh saralashi. Janubiy Koreya Turkmanistonni ayab o‘tirmadi
Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda. Bugun "H" guruhi grandi Janubiy Koreya Turkmanistonga qarshi maydonga chiqdi va 5:0 hisobida zafar quchdi.
"Osiyo yo‘lbarslari" safida Xvan Iy Jo dubl qayd etgan bo‘lsa, Nam Txe Xi, Kim Yon Gvon hamda Kvon Chxan Xun o‘z ismini bir martadan tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunday qilib, ochkolari sonini 11 taga etkazib olgan Janubiy Koreya o‘z guruhi peshqadamiga aylanib oldi. 3-o‘rindagi Turkmaniston 6 ochko jamg‘argan.

Fikrlar