
Jeko yana APLga qaytishi mumkin
"Inter" hujumchisi Edin Jeko faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli bosniyalik futbolchiga "Nyukasl" klubi xaridor bo‘lmoqda. Yaqinda saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan APL klubi Jekoning transferi uchun “neradzurrilar”ga yaxshigina mablag‘ to‘lashga tayyor.
Jeko "Inter"ga shu yoz “Roma”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Edin Jeko joriy mavsum “Inter” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar