
"Jenoa" - "Roma" uchrashuvining taxminiy tarkiblari (Foto)
"Roma" Italiyada 13-turida "Jenoa" bilan kuch sinashadi. O‘yin safarda bo‘lib o‘tadi.
Rimliklar Eldor Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.
Italiyaning la gazzetta dello sport nashri jamoalarnig taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra bugun Joze Mourino hujumda Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovni maydonga tushiradi.
"Roma" ayni paytda 12 turda 19 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Jenoa" esa shuncha o‘yinda 9 ochko jamg‘argan holda 17-pog‘onani band etgan. Eldor Shomurodov 10 uchrashuvda bitta gol urdi.
Fikrlar