
"Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
"Jenoa" ustozi Rolando Maran Italiya A Seriyasi 12-turi "Milan"ga qarshi bahs oldidan matbuot-anjumanida o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng ham, hamjihat bo‘lib vaziyatdan chiqib ketishni yigitlardan iltimos qildim. Agar biz buni uddalay olsak, "Milan" bilan bahsda so‘nggi ikki o‘yindan ko‘ra ko‘prog‘ini qo‘lga kiritishimiz mumkin.
Pioli va jamoaning uyushib ishlashi ortidan "Milan" muvaffaqiyatga erishmoqda. Ular so‘nggi transfer oynasida qator yaxshi xaridlarni amalga oshirdi. Ular qiyin davrlarni sabr bilan o‘tkazishdi va oxirida o‘zlarining yutuqli kartasini ko‘rsatdi. Bu erda yaxshi sport ishlari va Piolining mahorati ham birlashdi", - deydi Maran.
"Jenoa" "Milan" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
Fikrlar