"Jenoa" bosh murabbiyi "Sassuolo"ga qarshi o‘yindan so‘ng Shomurodov haqida nimalar dedi?

  • 7 yanvar, 2021, 16:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" ustozi Davide Ballardini Italiya chempionati 16-turida "Sassuolo"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoa ahvoli va keyingi rejalari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"G‘alaba qozona olmadik, biroq bugungi o‘yinimizdan qoniqdim. Gol urish uchun qator imkoniyatlar bo‘ldi, raqibga etarlicha qarshilik ko‘rsatdik, ammo bizga nimadir etmadi. Endi to‘pni yaxshiroq ushlab turishimiz va bir jamoa bo‘lib o‘ynashda davom ettishimiz kerak.

"Jenoa" 16 turdan so‘ng 11 ochko to‘pladi. Men turnir jadvaliga emas, "Bolonya"ga qarshi bo‘ladigan bahsga e’tibor beraman.

Eldor Shomurodovni maydonda ko‘rish yoqimli, biroq u italyanchani yaxshi tushunmaydi. U bilan faqatgina inglizcha gaplashish mumkin. Eldor yaxshi o‘ynadi, ammo bu haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman", - deydi Ballardini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!