"Jenoa" navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshladi (Foto)
13 fevral kuni Italiya chempionati doirasida "Torino"ga qarshi bahsdan so‘ng "Jenoa" mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Genuyaliklar 22-turdan keyin kechadan yangi bellashuvga hozirlikni boshlashdi. Eldor Shomurodov jamoasi tiklanishga e’tibor qaratib, engil mashqlarni bajardi. Futbolchilar bugundan asosiy mashg‘ulotlarga kirishadi.
Genuyaliklarning navbatdagi o‘yini 20 fevral kuni "Verona"ga qarshi kechadi. Uchrashuv Genuyada o‘tkaziladi.




Fikrlar