
“Jenoa” yana bir hujumchiga og‘iz solmoqda
Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi “Jenoa” tezroq yangi hujumchi olishga harakat qilmoqda. Genuyaliklar nishonidagi hujumchilardan biri “Torino” vakili Simone Verdidir.
Biroq, “Jenoa”ga bu futbolchini transfer qilish uchun “Bolonya”ning raqobatini engib o‘tish kerak bo‘ladi. Verdi 2017-2018 yillarda “Bolonya”da muvaffaqiyatli o‘ynaganidan keyin “Napoli” uni transfer qilgandi. Neapolliklar safida bir yilda 22 ta uchrashuvda atigi uchta gol urgan o‘yinchi tezda “Torino”ga sotib yuborildi.
Verdi Turin klubida ham o‘zini ko‘rsata olmayapti. Ikki mavsum davomida A Seriyada jami 66 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi atigi uchta gol urdi xolos.
“Torino” yangi mavsumda ham uning xizmatlaridan foydalanayotgan bo‘lsa-da, juda kam gol uradigan hujumchini sotib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar