"Jenoa"ning asosiy tarkibiga kirishi uchun Eldor Shomurodovga nima yordam beradi? - Xorijlik sharhlovchi javob berdi

  • 5 oktabr, 2020, 22:35
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik futbol sharhlovchisi Gennadiy Orlov o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning Italiya klubiga o‘tishi borasida fikr bildirdi. U hamyurtimizning "Jenoa"ga ko‘nikib ketishi uchun unda hamma narsa etarli ekani haqida aytdi. Bu haqda uz.sputniknews nashri xabar berdi.

Shomurodov "Yuventus"dagi o‘zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo‘lishi uchun nima qilishi kerak? Turin klubida o‘ynagan hamyurtimiz javob berdi

photo_2020-06-17_12-22-37

Rossiyalik mutaxassis Shomurodov uchun Italiya qiziqarli tanlov ekani, Angliyada unga qiyinroq bo‘lishi haqida gapirdi

- Iste’dodli hujumchi. Muvaffaqiyatsizliklari bor, lekin u yaxshi futbolchi va buni ko‘rishingiz mumkin. O‘zbeklarning mentaliteti, albatta, italiyaliklardan biroz farq qiladi. Ammo futbol tili bir xil. O‘ylaymanki, Shomurodovda hammasi yaxshi bo‘ladi. O‘yinni anglashi hamda uning texnikasi fikrimcha, Eldorga asosiy tarkibga kirishi uchun yordam beradi. Barchasi o‘ziga bog‘liq. Agar u gol ursa, uni yaxshi ko‘rishlariga ishonchim komil, - dedi Gennadiy Orlov.

Diyor Imomxo‘jaev: Mana shu hafta umid beruvchi ikki voqelik guvohiga aylandik. Futbolda faqat tanish-bilishchilik, boylarning farzandlari ko‘tariladi, deguvchilar uchun bu eng yaxshi javob

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
06/10/2020 18:38
Элдор Фирмино
&
Liverpool fan
06/10/2020 18:38
Элдорни уйинларини роса кизикиш билан кутвоммиз