Jerrard faoliyatini Superligada davom ettirishi mumkin

  • 12.10.2019 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Shotlandiyaning Glazgo "Reynjers" klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

beIN Sports tarqatgan xabarga qaraganda angliyalik mutaxassisga "Beshiktosh" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ayni damda "Beshiktosh"ni Abdulla Avji boshqarmoqda va jamoa Turkiya Superligasining o‘tgan 7 ta turidan so‘ng 12-pog‘onani egallab turibdi.

Jerrardning “Reynjers”i esa 8 ta turdan so‘ng Shotlandiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!