Jerrard ketmoqchi

  • 1 mart, 2020, 17:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Glazgo Reyndjers" klubi yarim himoyachisi Stiven Jerrard Shotlandiya kubogining 1/4 final bosqichida "Xarts" (0:1) jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimini tark etishi mumkinligini inkor etmadi.

“Buni yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak. Biz jamoa sifatida qaerda ekanligimizni tushunib olishim kerak. Men 1-2 kun ichida qarorimni qabul qilaman. Hozir esa menga judayam qiyin, chunki men hamisha g‘alaba qozonishni xohlayman. Ammo, “Reynjers”ning hamma futbolchilari ham mening bu xohishimga xahrixohdek tuyulmayapti. Mening xafsalam pir bo‘ldi. Bu mening murabbiylik faoliyatimdagi eng yomon holat bo‘ldi”, - deydi Jerrard.

Eslatib o‘tamiz, “Reynjers” ayni damda Shotlandiya chempionatida peshqadam “Seltik”dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda. Glazgoliklar shuningdek Evropa ligasi 1/8 finalida “Bayer”ga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!