Jerrard o‘z jamoasiga "Lester" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 15.08.2019 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Stivee Jerrard boshchiligidagi Shotlandiyaning "Glazgo Reynjers" klubi joriy transferlar oynasi yopilgunicha "Lester" yarim himoyachisi Endi Kingni ijaraga olishmoqchi. Bu haqda Leicester Mercury nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli uelslik futbolchi bo‘lajak jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Shotlandiyaga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, Endi “Lester” safida 2006 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 329ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 55ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!