Jeydon Sancho qishda "Borussiya"da qoladi

Yarim himoyachi Jeydon Sancho qishgi transfer oynasi vaqtida "Borussiya Dortmund"ni tark etish niyatida emas.

19 yoshli ingliz bundesliga klubida kamida mavsum so‘nggigacha qolmoqchi. Shuningdek, klub va uning agenti yanvarda ushbu transferni amalga orshirish niyatida emas. Sport Bildga ko‘ra, "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan yig‘inga kech qolgani futbolchining klubdan ketishi bilan bog‘liq emas.

Sancho uchun "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" davogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!