Jezusning dubli "Manchester Siti"ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (video)
Angliya premer-ligasining 29-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vulverxempton”ni qabul qildi.
“Etixad”da kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi va yakunda 4:1 hisobida “shaharliklar” g‘alaba qozondi. “Manchester Siti”ga g‘alaba keltirgan gollarga Leander Dendonker (15' avtogol), Gabriel Jezus (80', 90') va Riyad Marez (90') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Vulverxempton”ning yagona javob golini Konor Koudi (61') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar