Jiru Germaniyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Uelsga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng son mushaklaridan olgan jarohati haqida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” futbolchisi uchrashuvning 74-daqiqasida gol urgan hamda oradan 2 daqiqa o‘tib maydonni tark etgan edi.
“Bu unchalik jiddiy bo‘lmagan jarohat. Men ushbu o‘yindan oldin kerakli muolajalarni qildim va bu menga o‘ynash imkonini berdi. Germaniyaga qarshi o‘yinga keladigan bo‘lsak, bu haqda hozircha biron nima deya olmayman”, - deydi Jiru.
Ma’lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi 14 noyabr kuni Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.



Fikrlar