Jiruga yana Frantsiya klubidan taklif tushdi

Frantsiyaning “Nitstsa” klubi yozgi transfer mavsumida “Chelsi” hujumchisi Olive Jiruni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Jiruning “Chelsi” bilan shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi. “Nitstsa” esa erkin agentga aylanadigan hujumchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. O‘z navbatida forvard ham yozda Frantsiyaga qaytishga qarshi emas.

Avvalroq unga “Bordo” klubi tomonidan ham taklif bo‘lganligi borasida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!