
Joan Laporta Yamal Messining darajasidagi futbolchi bo‘la olishini aytdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "ko‘k-anorranglilar"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal Lionel Messining darajasidagi futbolchi bo‘lishga qodir, deb hisoblamoqda.
"Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi edi va o‘ylaymanki, Lamin ham ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga qodir. Ko‘ramiz, ko‘ramiz. Lamin o‘xshashi kam bo‘lgan futbolchi, chunki u daho va eng yuqori darajada o‘ynaydi.
Lamin yorqin individuallikka ega. Messi ham o‘z vaqtida o‘ta professional futbolchi bo‘lgan. Albatta, Messi hammasini yutdi va hammasiga erishdi. Men uchun u, ehtimol, tarixdagi eng yaxshi futbolchi," - deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Marca.
Messi "Barselona" safida 7 ta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar