Joau Feliks «Oltin to‘p» uchun kurashda bosh favoritni aytdi
«Oltin to‘p» Ispaniyaga ketadimi?
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Joau Felish «Oltin to‘p» uchun kurashda o‘z favoritini aytdi. U «Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamalni asosiy da’vogarlik sifatida alohida ta’kidladi.
Felishning ta’kidlashicha, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadigan futbolchi muayyan mezonlarga javob berishi kerak.
«“Oltin to‘p” shunday o‘yinchiga berilishi kerakki, unga qarab “Vau!” deb o‘ylaysan. Bu mukofot haqiqiy yulduzga, futbol tarixida iz qoldiradigan shaxsga nasib etishi lozim. Agar shunday bir futbolchi borki, sen aynan uni ko‘rish uchun televizorni yoqasan va o‘yindan ko‘z uzolmasan, u – Lamin Yamal», – deb ta’kidladi Felish.
2026 yildagi «Oltin to‘p» topshiriq marosimi oktyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Baholar va prognozlarga ko‘ra, Lamin Yamal bu nufuzli sovrin uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar