Jon Terri bosh murabbiy sifatida ish boshlashi kutilmoqda

  • 03.02.2021 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Jon Terri "Bornmut"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Terrini ketma-ket 4 ta mag‘lubiyatdan so‘ng, iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Jeyson Tindellaning o‘rniga munosib ko‘rmoqda.

40 yoshli Terri ayni damda "Aston Villa" bosh murabbiyi Din Smitga assistentlik qilmoqda.

“Bornmut” 27 turdan so‘ng, Chempionship musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!