
Jo‘rabek Karimov bugun yarim final uchun kortga tushadi
Qozog‘istonning Olma-ota shahrida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning birinchi davrasida Jo‘rabek shveytsariyalik Mark-Andrea Xyuslerni 6:4, 7:6, ikkinchi bosqichda gruziyalik George Tsivadzeni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Jo‘rabek Karimov musobaqaning chorak finalda rossiyalik Kosntantin Kravchun bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 11:40da boshlanadi.
Fikrlar