Jordi Alba APL grandlarining jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda

  • 29 may, 2018, 21:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jordi Albaga bir vaqtning o‘zida ikki ingliz grandi jiddiy qiziqib qoldi.

Tecno

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchini "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" klublari ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Ushbu ikki APL grandi Albaning Kataloniya super klubi bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelisha olmayotganidan foydalanib, unga moliyaviy tomondan foydali taklif bilan murojaat qilishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Alba yakuniga etgan mavsum “Barselona” safida jami 48ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!