Jordi Albaga Italiyadan taklif bor

  • 06.01.2023 23:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” futbolchisi Jordi Albaning keyingi manzili Italiya bo‘lishi mumkin. “DiarioSport” nashri xabar berishicha, himoyachiga “Yuventus” qiziqmoqda.

33 yoshli futbolchining Katoloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jordi Alba ushbu mavsum barcha chempionatlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!