Jorjo Kellini: Ronaldu va Messi xuddi Federer va Nadalga o‘xshaydi

  • 4 may, 2019, 09:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi Jorjo Kellini jamoadoshi Krishtianu Ronalduni "Barselona" forvardi Lionel Messi bilan solishtirdi.

Tecno

“Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi davrida yashayotganimiz va ularning o‘yinlarini ko‘rayotganimiz bizning omadimiz. Ularning ikkalasi ham top darajadagi futbolchilar. Ular xuddi Federer va Nadal kabidir. Ularning biri kuchliroq ko‘rinadi, lekin ikkinchisi unga javob qaytaradi”, - deydi italiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu hozircha 801ta o‘yinda maydonga tushdi va 601ta gol urdi. Messi esa 683ta o‘yinda 600ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!