Joshua Kimmix Germaniya terma jamoasi rekordchilari qatoridan joy oldi

  • 28.03.2026 18:09
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

27 mart kuni Shveytsariya hamda Germaniya terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bellashuv nemislarning 4:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 

Ushbu bahsda nemislar tarkibida maydonga tushgan Joshuа Kimmix Germaniya terma jamoasining rekordchilaridan biriga aylandi. "Transfermarkt" portali hisob-kitoblariga koʻra, bu uchrashuv 31 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi 107-oyin boʻldi va yarim himoyachi terma jamoa tarixdagi eng yaxshi oʻntalikdan joy oldi. 

Maʼlumot uchun, germaniyalik safida Kimmixdan koʻproq oʻyin oʻtkazgan futbolchilar Yurgen Klinsmann (108), Filipp Lam (113), Toni Kroos (114), Bastian Shvaynshteyger (121), Manuel Noyer (124), Lukas Podolski (130), Tomas Myuller (131), Miroslav Kloze (137) va Lotar Matteus (150)  hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!