Joshua Usik bilan jangdan nega qochishga urinmoqda?

  • 15.02.2022 16:37
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqli promouter Frenk Uorren Entoni Joshua va WBA, IBF, WBO, IBO kamalarlari egasi Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh borasida fikr bildirdi.

Tecno

usky2

"Eddi Xirn Tayson Fyuri Buyuk Biritaniyada jang qilish litsenziyasini qo‘lga kirita olmasligini aytdi. U qanday sayyorda yashayapti? Bu mantiqsiz qaror.

U qo‘l ostidagi boshqa jangga e’tibor berishi shart. Usik va Joshua qarama-qarshiligi ham uning promouterligi tomonidan tashkil etilmoqda. Joshua bu jangni istaydimi? Albatta, yo‘q. Entoni imkon qadar revanshdan qochishga urindi. Sababi, agar ikkinchi to‘qnashuvda ham mag‘lubiyatga uchrasa, super og‘ir vazn toifasi favoritlari qatoridagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi aniq".

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eddi Xirn Joshua va Usik o‘rtasidagi jang shu yilning may oyida o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!