Joze Mourino «Zarya»ga qarshi o‘yindan so‘ng Eldor Shomurodovni tanqid qildi

  • 01.10.2021 12:59
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning «Roma» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa Konferentsiyalar ligasidagi «Zarya»ga qarshi o‘yin (3:0) to‘g‘risida fikr bildirdi. Bu haqda «Footboob» nashri xabar berdi.

Portugaliyalik 58 yoshli mutaxassis Shomurodovning o‘z darajasida o‘ynay olmaganini ta’kidladi.

- Tezkor gol bizga ishonch bag‘ishladi. Eldor o‘z darajasidagi o‘yinni ko‘rsata olmadi. Ochiq futbol namoyish etdik. Natija meni qoniqtirdi va u doim muhim. Guruhdan chiqish uchun 5–6 ochko to‘plash qoladi. O‘yinda hech kim jarohatlanmadi. Asosiy futbolchilarga dam berishga qaror qildim. Kimlardir zaxirada, kimlardir esa Rimda qoldi. A Seriyada ham g‘alabalarga erishishimiz lozim, – dedi Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 21:31
Айб мураббийнинг ўзида. Футболчидан фойдаланишни билмайди. Элдорни айблагунча уни захирада сақламай Абраҳамга шерик қилиб ўйнатганида шу пайтда ўйини очилиб голлар уриб юрган бўларди.