"Kanelo" hamda "Janob Robot" o‘rtasida ko‘z urishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi (Video)

  • 23 fevral, 2021, 12:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, 27 fevral kuni  ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida WBC hamda WBA Super chempioni, “Pound for Pound” etakchisi Saul “Kanelo” Alvares (54-1-2, 36 KO) turkiyalik da’vogar Avni Yildirimga (21-2, 12 KO) qarshi himoya jangida ringga ko‘tariladi.

Ushbu jang AQShning Mayami shahrida joylashgan “Hard rock stadium” arenasida bo‘lib o‘tadi. Jang avvalida, har ikki bokschi ushbu stadionga kelib, “Face to Face” marosimida ishtirok etdi.

Shuni qo‘shimcha qilish lozimki,  jangga yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ikki kamar bilan birgalikda “The Ring” tituli ham tikilgan.

Mazkur to‘qnashuv bilan bog‘liq yana bir qiziq voqelik borki, “Kanelo” g‘alaba qozonsa bevosita ringda ushbu vazndagi WBO chempioni Billi Jo Sonders (30-0, 14 KO) bilan ko‘z urtshtirish marosimida ishtirok etadi va ular o‘rtasidagi jang rasman e’lon qilinadi. Aslida, ushbu kamarlarni birlashtiruvchi jang 8 mayga reja qilinayotgan edi.

Quyida, meksikalik charmqo‘lqop ustasi va Avni Yildirim bilan bo‘lgan “Face to Face” marosimini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!