Kanoechilarimiz jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Rumniyaning Puteshti shahri baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqaning bugungi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Tecno

Biroz avval ayollar o‘rtasida 23 yoshgacha bo‘lgan toifada kanoechilarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahsda jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi. Hamyurtlarimiz masofani 43.340 soniyada bosib o‘tishdi. Kumush va bronza medallari Polsha hamda Belarus terma jamoasi vakillariga nasib etdi. Batafsil:

Kanoeda eshkak eshish. U-23 JCh.
Ayollar, 200 metr.
1. Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova (O‘zbekiston) – 43.340
2. Silviya Sherbinska, Dorota Borovska (Polsha) – (+0.780)
3. Darina Salanenka, Kamila Bobr (Belarus) – (+1.644)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!