Karpin eng yaxshi shogirdlari qatorida Shomurodovni tilga oldi

  • 24 sentabr, 2020, 20:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin faoliyati davomida shug‘ullantirgan eng yaxshi futbolchilar haqida gapirdi.

- Siz birgalikda ishlashga muvaffaq bo‘lganlar orasida qaysi biri eng yorqin va eng muvaffaqiyatli futbolchi bo‘lgan?

- Butun faoliyatim davomidami?

- Ha, huddi shunday.

- "Spartak"da Velliton va Aleks bor edi. Hozirda "Rostov"da Eremenko, Normann, Shomurodov, Mamaev - ular ko‘p.

- Marko Asensio haqida nima deya olasiz?

- Ha, "Malorka"da shunday yosh futbolchi bor edi! U eng iqtidorlisi.

- U bilan gaplashib turasizmi?

- Instagram messenjeri orqali suhbatlashib turamiz.

- Valeriy Georgievich, muhim savolga javob berolasizmi? Asensio Rossiya chempionatiga kelgan bo‘larmidi?

- Bizda hatto uning maoshi uchun ham pulimiz etmaydi, transfer uchun ham," - dedi Karpin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!